Yangi o'quv yili boshlanishi







Bugun Asaka jamoat salomatligi texnikumida 2024-2025 o'quv yilining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda texnikum rahbariyati, professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Texnikum direktori Kambarova Dilfuza Mirzakarimovna o'z nutqida yangi o'quv yilida rejalashtirilgan innovatsion loyihalar va xalqaro hamkorlik dasturlari haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, u barcha talabalarga muvaffaqiyatli o'quv yili tilab, ularni yanada yuqori marralarni zabt etishga undadi.
Ochilish marosimida, shuningdek, yangi o'quv binosi va zamonaviy laboratoriyalarning taqdimoti ham o'tkazildi. Bu yangi imkoniyatlar talabalarga jahon standartlariga mos keladigan sharoitlarda bilim olish imkonini beradi.
Tantanali marosim yakunda talabalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.
Yangi 2024-2025 o'quv yili barcha uchun samarali va yutuqlarga boy bo'lishiga ishonamiz!
